Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi xabarlarni monitoring qilish va javob qaytarish amaliyotini boshladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bunday ishlar IIBBning Facebook’da yaqinda ochilgan rasmiy sahifasida, shuningdek, turli guruhlarda olib borilmoqda, u yerda muassasa izohlar, javoblar va tushuntirishlar bermoqda.
“Biz yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilishni boshladik va o‘z faoliyatimizga taalluqli postlarga javob qilmoqdamiz”, — deyishdi IIBBdagilar.
5-martdan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi sayti sinov rejimida ishga tushirildi. U yerdagi “Mobil muxbir” bo‘limiga Yo‘l harakati qoidalari buzilishi aks etgan foto va videomateriallarni yuborish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)