Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Markaziy harbiy okrugining Sibirda joylashgan qo‘shilmalariga ishchi tashrifini yakunladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
O‘zbekistonlik harbiylar 41-umumiy qo‘shin armiyasi qo‘mondoni general-leytenant Aleksey Zavizyon bilan ishchi uchrashuvini o‘tkazdi, u o‘zbekistonliklarni hududiy boshqaruv markazi ishi bilan tanishtirdi.
Novosibirskdan keyin delegatsiya Kemerovo viloyatidagi “Yurginskiy” harbiy poligonida o‘z ishini davom ettirdi. 5-mart, dushanba kuni esa Yekaterinburg shahridagi Markaziy harbiy okrug shtabiga jo‘nab ketdi, O‘zbekiston Qurolli kuchlari delegatsiyasi o‘sha yerda o‘z ishini yakunlaydi.
Izoh (0)