Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida ishtirok etishi kerak bo‘lgan “Qo‘qon-1912” klubi 2-turdan o‘rin olgan “Qizilqum”ga qarshi o‘yinni o‘z maydonida qabul qilishi kerak edi.
Biroq stadion mavsum startiga tayyor bo‘lmagani sabab, qo‘qonliklar PFLga xat bilan chiqish qildi. Unda 2-turni Navoiyda o‘tkazish masalasi so‘ralgan. Undan keyingi turga esa stadion ham tayyor bo‘lib qolishi aytilgan.
Klub matbuot xizmati “Markaziy” stadioni bungacha qanday ahvolda bo‘lgani-yu, ayni vaqtda holati qanday ekanini ko‘rsatish uchun fotosuratlar taqdim etdi. Unda aytilishicha, yaqin orada stadionda Chempionlar Ligasi o‘yinini ham o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Vazirlar mahkamasi qarori asosida 2018—2019-yillar davomida 10 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, stadion sig‘imi ham ko‘paytiriladi.
Chimni yangilash masalasi ham kun tartibidan bor. Biroq ko‘rinishidan stadion yangilanayotgan bo‘lsa-da, bu yil qo‘qonliklar eski chim ustida to‘p tepishda davom etadi.
Izoh (0)