“Chet eldagi davlat mulkidan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.
Unga qo‘ra, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga O‘zbekiston nomidan O‘zbekistonning chet eldagi va sud qarorlari bilan hamda ixtiyoriy ravishda davlatga o‘tkazilgan mulklariga nisbatan mulk huquqi egaligini amalga oshirish vakolati berildi.
Markaz:
- O‘zbekistonning xorijdagi muassasalariga mulkni foydalanishga bepul asosda vaqtincha berish;
- mulklarni belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berish;
- xorijda bank hisob raqamlari ochish;
- mulkni boshqarishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida audit, advokatlik, konsalting firmalar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlarni jalb qilish huquqlariga ega.
Izoh (0)