Bugun — 23-fevral kuni Yevropa Ligasining 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan futbol klublari o‘zining navbatdagi raqibini bilib oladi.
Yevropa Ligasi. “Arsenal”, “Milan”, “Borussiya”, “Lion”, “Atletiko” keyingi bosqichda. “Napoli” esa o‘yindan chiqdi
Shveysariyaning Nyon shahrida o‘tadigan qur’a tashlash marosimi 17:00 da start oladi. UEFA bunda Rossiya va Ukraina klublari o‘zaro to‘qnash kelib qolmasligiga e’tiborini qaratadi. Nimchorak finalga Ukrainaning 1 ta, Rossiyaning esa 3 ta klubi yetib keldi. Qolgan barcha mamlakat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelaveradi. Hatto, 1 ta mamlakatning ikki klubi ham chorak final yo‘lida raqibga aylanishi mumkin.Nimchorak finalga eng ko‘p Rossiya klublari yetib keldi — 3 ta. Bu ko‘rsatkich Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiyada 2 tani tashkil qiladi. Shuningdek, Angliya, Portugaliya, Ukraina, Avstriya va Chexiya klublari bor.
Yevropa Ligasi. Rossiya chempioni “Spartak” o‘yindan tashqari holatda, “Zenit”, “Loko” va “SSKA” keyingi bosqichda
- “Zenit” (Rossiya)
- “SSKA” (Rossiya)
- “Lokomotiv” (Rossiya)
- “Atletiko” (Ispaniya)
- “Atletik” (Ispaniya)
- “Borussiya D” (Germaniya)
- “Leyptsig” (Germaniya)
- “Latsio” (Italiya)
- “Milan” (Italiya)
- “Lion” (Fransiya)
- “Marsel” (Fransiya)
- “Arsenal” (Angliya)
- “Sporting” (Portugaliya)
- “Dinamo K” (Ukraina)
- “Zalsburg” (Avstriya)
- “Viktoriya” (Chexiya)
Izoh (0)