Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘lida “jang” boshlagan “Sevilya” va “Manchester Yunayted” klublari “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida o‘zaro to‘qnash keldi.
Bellashuvda hisob ochilmadi. Shu kuni xavfli hujumlar yaratishda mezbonlar ustunroq ko‘rindi. Ular tomonidan berilgan zarbalarni esa “Yunayted”ning ispaniyalik darvozaboni David De Xea bartaraf etib turibdi. Shu kuni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi aynan De Xea bo‘ldi deyish mumkin.
Mazkur ikki klub Yevropa Ligasining so‘nggi ikki yillikdagi g‘olibi hisoblanardi. “Sevilya” 2016-yil bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, o‘tgan mavsum “Yunayted” o‘zini ko‘rsatgan va Chempionlar Ligasiga yo‘llanma yutib olgandi.
Chempionlar Ligasi 1/8 final o‘yini 21-fevral, chorshanba
Izoh (0)