Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyati aholisi noodatiy optik hodisa — galoning guvohi bo‘ldi. Hodisaning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Hodisa kamalak aylanasi natijasida yuz bergan. Kamalak aylanasining yorqin nuqtalari xuddi uchta quyosh bordek taassurot uyg‘otadi.
Galo troposferaning yuqori qatlamlarida mavjud bo‘lgan muz kristallarida kuchli yorug‘lik manbasidan kelgan yorug‘likning akslanishi natijasida yuzaga keladi.
Izoh (0)