Amerika ma’muriyati Shvetsiyaga jami summasi 3,2 milliard dollarlik Patriot PAC-3 havo hujumi va raketaga qarshi mudofaa tizimini sotish haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda 21-fevral kuni AQSh Mudofaa vazirligining mudofaa hamkorligi va xavfsizlik bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyaga, jumladan, 200 boshqariluvchi zenit raketasi, shuningdek, Patriot PAC-3+ tizimlariga qarshi raketalar yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Vashington va Stokgolm o‘rtasidagi mazkur kelishuvni bajarish uchun AQSh Davlat departamenti tomonidan ruxsat berilgan. Amerika ma’muriyati qabul qilingan qaror haqida Kongressni xabardor qilgan.
Izoh (0)