O‘zbekistonlik Server Jeparov to‘p suradigan Tehronning “Istiqlol” klubi Chempionlar Ligasining 2-turida 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
“Ozodi” stadionida Saudiyaning “Al-Hilol” klubini qabul qilgan “Istiqlol”ga mehmon futbolchining avtogoli yordam berib yubordi. 67-daqiqadan boshlab saudiyaliklar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi va yakunda mag‘lubiyatdan qutilib qololmadi.
Server Jeparov ilk turda bo‘lgani kabi, bu safar ham maydonda 90 daqiqa harakat qildi. Ayni paytda tehronliklar 4 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Guruhdagi ikkinchi bellashuvda “Al-Ayn” futbolchilari Qatar jamoasini taslim qila olmadi.
Izoh (0)