Chimyon hududida ko‘chki xavfi e’lon qilindi. Bu haqda FVVning Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Chimyon hududida 2018-yilning 22-fevral soat 08:00 dan 23-fevral soat 08:00 gacha ko‘chki xavfi e’lon qilindi”, — deyiladi xabarnomada.
“Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko'rishingizni va ‘Diqqat! Qor ko’chishi xavfi mavjud’ belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni Iltimos qilamiz”, — ta’kidlanadi xabarda.
Avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda FVVning (+99871) 147-10-50 tezkor raqamiga murojaat etish lozim.
Izoh (0)