Amerika regulyatorlari 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan buyon dunyo banklarini jami summasi 243 milliard dollarga teng jarimaga tortdi. Bu haqda Keefe, Bryuette & Woods hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Interfaks”.
Jarimalarning aksariyati ipoteka aktivlari sifati bo‘yicha investorlarni aldash bilan bog‘liq.
Badal to‘lash bo‘yicha yetakchi Bank of America hisoblanadi — oxirgi o‘n yilda u 76,1 milliard dollarga teng jarimalar to‘ladi. Ikkinchi o‘rindan 43,7 milliard dollar ko‘rsatkich bilan JPMorgan Chase va uchinchi o‘rindan Citigroup (19 milliard dollar) joy oldi.
Xorijiy banklardan eng ko‘p badal to‘laganlar Deutsche Bank (14 milliard dollar) va Royal Bank of Scotland (10,1 milliard dollar) bo‘ldi.
Izoh (0)