Qarshining “Nasaf” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida “Al-Vasl” ustidan zafar quchdi.
Bellashuv taqdirini “Nasaf”ning legioner futbolchilari hal qildi. 57-daqiqada Slavko Lukich burchak zarbasini amalga oshirgan bo‘lsa, uchib kelayotgan to‘pni himoyachi Igor Golban boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa Qarshi klubi o‘z hisobiga 3 ochko yozib qo‘ydi.
“Nasaf” guruh bosqichidagi ilk o‘yinni Eronda “Persepolis”ga qarshi o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘z navbatida “Al-Vasl” klubi ham ilk turni “As-Sadd”ga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergandi — 1:2.
Guruhdagi 3-turni Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 5-mart kuni o‘tkazadi. Shu kuni Qarshida ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi to‘p suradigan Qatarning “As-Sadd” klubi mehmon bo‘ladi.
Erondagi mag‘lubiyat sabab “Lokomotiv” Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘ringa tushib ketdi
Chempionlar Ligasi “C” guruhi. 2-tur 20-fevral, seshanba“Nasaf” — “Al-Vasl” (BAA) 1:0
Gol: Igor Golban, 57 (1:0).“Nasaf”: Sanjar Quvvatov — Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Saydullo Rahmatov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Islom Kenjaboyev (Islom Rashidxonov, 55), Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullayev, 82), Bobur Abdixoliqov (Sanjar Rashidov, 93+).
Izoh (0)