Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 25-turiga kelib Milanning “Inter” klubi Rimning “Roma”sidan ortda qolishni boshladi.
Ketma-ket 5 ta durangdan so‘ng “Inter” oxirgi o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgandi. Ammo kecha Spaletti jamoasi Genuyada imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu esa poytaxt klubiga qo‘l keldi.
Chempionlar Ligasi doirasidagi “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Roma” kechagi g‘alabasidan keyin milanliklardan oldinga o‘tib oldi.
Bugun — 18-fevral kuni 2 ta markaziy o‘yin bor. Birida Turin derbisida “Torino” va “Yuventus” maydonga chiqsa, ikkinchisida “Milan” o‘z uyida “Sampdoriya”ni qabul qiladi.
Italiya A seriyasi 25-tur o‘yinlari 17-fevral, shanba
“Udineze” — “Roma” 0:2
Gollar: Chengiz Yunder, 70 (0:1). Diyego Perotti, 91+ (0:2).“Jenoa” — “Inter” 2:0
Gollar: Andrea Ranokkya, 45-avt (1:0). Goran Pandev, 59 (2:0).19-fevral, yakshanba“Torino” — “Yuventus” 16:30“Napoli” — “Spal” 19:00“Bolonya” — “Sassuolo” 19:00“Atalanta” — “Fiorentina” 20:00“Milan” — “Sampdoriya” 00:45
19-fevral, dushanba“Latsio” — “Verona” 00:45
Izoh (0)