Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov WSB musobaqasida uchinchi bor ishtirok etayotgan Uzbek Tigers boks jamoasining faoliyati bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritdi. Avvalroq Uzbek Tigers faoliyatining tugatilayotgani borasida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Bu kabi xabarlar asossiz. Aksincha, MOQ va Sport vazirligi hamkorlikda Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida uch yildan buyon ishtirok etib kelayotgan Uzbek Tigers jamoasini qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan janglarni yangicha formatda, muxlislar uchun xaqiqiy shou darajasida tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.Uzbek Tigers musobaqadagi ilk urinishida yarim finalgacha yetib borgan bo‘lsa, o‘tgan mavsum chorak finalda to‘xtagandi. Har safar klub kubaliklarga imkoniyatni boy berdi. Bu yil esa asosiy favorit hisoblangan Cuba Domadores bilan guruh bosqichidayoq to‘qnash keldi. WSB o‘zbekistonlik bokschilar uchun katta maktab vazifasini o‘tab berayotgani sir emas.Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti
Bugun o‘zbek boks maktabi butun dunyoda mashhur. Uning shonli tarixi, an’analari mavjud. Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston boks termasining birinchi, Gamburg—2017 Jahon Chempionatida esa ikkinchi o‘rinni egallashi so‘zimizga isbotdir.27-fevral kuni Uzbek Tigers Toshkentda Cuba Domadores klubini, 1-mart kuni esa Colombia Heroicos klubini qabul qiladi. Janglar O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida 19:00 da start oladi.Shu bilan birga O‘zbekistondagi ko‘plab sport turlari qatorida boks federatsiyasining faoliyati ham islohotlarga muhtoj. Qilinadigan yangiliklar avvalo shu sohani yanada rivojlantirishga, uni zamonaviy bosqichga olib chiqishga, yutuqlar salmog‘ini oshirishga xizmat qilish kerak. Jahon va Osiyo Olimpiadalarida delegatsiyamiz hisobiga eng ko‘p sovrin taqdim etadigan boksni yanada rivojlantirish, uning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga bel bog‘langan.
Sport shaxsan yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyov nazoratlarida turibdi. Nasib qilsa, bugun olib borilayotgan ulkan hajmdagi mehnatlar samarasini Tokio—2020 Olimpiadasida ko‘ramiz. Uzbek Tigers esa o‘z faoliyatini yangi format va yangi maqsadlar bilan davom ettiradi.
Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti
Izoh (0)