“Rossiya vertolyotlari” xoldingi og‘irligi 300 kilogramm bo‘lgan va 70 kilogrammgacha yukni tashishga qodir uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotni yaratmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Foto: “TASS”

Ta’kidlanishicha, kompleks tadqiqotlar o‘tkazib bo‘lingan va uchuvchisiz boshqariladigan yangi vertolyotning tashqi ko‘rinishi borasida bir to‘xtamga kelingan.

Vertolyotning nusxasi va mobil boshqaruv punkti 2019-yilning yanvariga qadar sinovdan o‘tkaziladi. Ilmiy-tadqiqot ishi 395 million rubl (taxminan 7 million dollar)ga baholangan.

Qayd etishlaricha, mazkur dronning maksimal og‘irligi 300 kilogrammni, parvoz davomiyligi 6 soatni, harakat radiusi 150 kilometrni, tezligi esa soatiga 180 kilometrni tashkil etadi.