Forbes Telegram asoschisi Pavel Durovning boyligini 1,7 milliard dollarga baholadi. Telegram auditoriyasi muntazam o‘sib bormoqda.
2016-yilning fevralida Durov 100 million doimiy foydalanuvchi darajasiga erishganligi, 2018-yilning birinchi kvartalida esa ular soni 200 millionga yetishi kutilayotganligini ma’lum qilgan edi. Biroq App Annie tahliliy kompaniyasi tadqiqotlari Telegram 100 million foydalanuvchiga 2017-yilning IV kvartalidagina erishganligini ko‘rsatadi.
Shunga qaramasdan, Forbes’ning eng konservativ baholashi bo‘yicha ham Telegram 1 milliard dollardan ortiq qiymatga ega, uning asoschisi Pavel Durov esa dollar milliarderidir. Forbes uning boyligini 1,7 milliard dollarga baholadi va bu ko‘rsatkich yana o‘sib borishi mumkin.
Izoh (0)