AQSh prezidenti Donald Tramp 100 ming dollar, yillik maoshining 25 foizga yaqinini Transport departamentiga o‘tkazdi. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders brinfingda ma’lum qildi, deb yozadi ForumDaily.
“Bugun prezident 2017-yilning to‘rtinchi kvartali uchun maoshini barbod bo‘layotgan infratuzilmamizni qayta tiklash va modernizatsiya qilish uchun Transport departamentiga o‘tkazdi”, — dedi u.
Brifingda chiqish qilgan Transport departamenti rahbari Eleyn Chao Tramp tomonidan imzolangan chekni boshqarma nomidan qabul qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu mablag‘lar “Infragrant” grant dasturiga yo‘naltiriladi. Dastur o‘ta muhim infratuzilma loyihalari bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)