20 yil avval indoneziyalik Muhammad Ayvan plyajda mitti taroqsimon timsohni tutib olgan baliqchini uchratib qoldi, deb yozadi Travel Ask.
Muhammad uzunligi 25 sm bo‘lgan sudralib yuruvchini 2 dollarga sotib olib, uyiga keltirdi va unga Kojek deb nom berdi. Bugun esa timsohning uzunligi 3 metr, og‘irligi 200 kilogrammga yetadi. Muhammad hovlisida timsoh uchun maxsus basseyn qurdirgan, uni yangi tutilgan baliq bilan boqadi.
Ayvanning uch farzandi timsoh bilan ahil-inoq yashaydi, oqko‘ngil sudraluvchini tomosha qilish uchun Indoneziyaning barcha burchaklaridan odamlar keladi.
Izoh (0)