14-mart kuni fransiyalik futbol mutaxassislari Kenni Jan Mari hamda Lyudovik Debryu Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti mahkamasiga rahbarlik qilayotgan Kenni Jan Mari shu yilning 23-yanvar kuni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan Parijda ko‘rishgan bo‘lib, unda ikki mamlakat futboli o‘rtasidagi hamkorlik borasida kelishuvga erishilgandi.
Mehmonlar O‘zbekistonga tashrifi davomida Super Liga klublari mutaxassislariga seminarlar o‘tadi. Bunda ular jamoalarning marketing xizmatini qanday yo‘lga qo‘yish borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishi ko‘zda tutilgan. Avvalroq O‘FA Super Liga klublarining marketing mutaxassislarini Yaponiyaga ish o‘rganish uchun yuborgandi. Fransiyalik mutaxassislar esa mana shu ishning mantiqiy davomchisi bo‘ladi.
Izoh (0)