O‘FA yangi tashkil etilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Super Ligasi o‘yinlariga jiddiy e’tibor qaratayotgani sir emas. Bungacha yangi format ishlab chiqqan tashkilot, chempionatga qur’a tashlash marosimini yuqori saviyada o‘tkazgandi.

Foto: Google Images

O‘zbekistonning 5 ta yetakchi klubi rahbarlari Angliyaning “Everton” klubida malaka oshiradigan bo‘ldi

Kecha — 7-fevral kuni Super Liga klublarining marketing xodimlari ish o‘rganish uchun Yaponiyaga yo‘l oldi, deb yozdi O‘FA matbuot xizmati. Ular 8—12-fevral kunlari davomida Yaponiya Jey Ligasi mutaxassislaridan dars oladi va seminarlarda ishtirok etadi. Bunda yaponiyaliklar Jey Liga va uning klublari uchun homiylarni, reklama beruvchilarni qanday qilib topish, ular bilan qanday ishlash borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Parijda Fransiya va O‘zbekiston futbol federatsiyalari rahbarlari o‘zaro hamkorlik borasida kelishib oldi

Yaponiya Jey Ligasida marketing sohasi ancha rivojlangan. 2017-yilgi mavsumning o‘zida ular 240 million AQSh dollari miqdorida homiylik mablag‘lariga ega bo‘lgandi.

Bungacha O‘zbekiston chempionati ham tarixda ilk bor o‘zining titul homiysiga ega bo‘lish uchun Yaponiya kompaniyalaridan biri bilan muzokara o‘tkazayotgani aytilgandi. Bularning barchasi O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘tgan yilning 17-noyabr kuni Yaponiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Tashima Kodzo bilan o‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzolagach boshlandi.

Tarixda ilk bor O‘zbekiston chempionati titul homiyga ega bo‘lishi mumkin. Bunga Yaponiya kompaniyasi da’vogar

O‘FA faqatgina klublar bilan cheklanib qolmoqchi emas. Avvalroq 30 nafar o‘zbekistonlik futbol referisining saviyasini oshirish uchun, ular Turkiyadagi o‘quv-yig‘inga jo‘natilayotgani aytilgandi.

PFLdan yangilik: o‘zbekistonlik nazardan chetda qolayotgan 30 futbol hakami malakasini Turkiyada oshiradi