Rossiyaning Stavropol o‘lkasida Qizil kitobga kiritilgan leopardlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt prokuror tekshiruvidan so‘ng yopiladi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar berdi.

Foto: “Vestnik Kavkaza”

Tekshiruvlar natijasida saytlardan birida Rossiya Qizil kitobiga kiritilgan leopard savdosi haqidagi ma’lumotlar aniqlangan. Xususan, saytda leopard bolasini sotib olish taklif qilingan. E’lonlarda hayvonlar savdosi hech qanday qonuniy asos ko‘rsatilmagan.

Qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida sudga saytga kirishni cheklash va unda joylashtirilgan ma’lumotlarni Rossiya Federatsiyasi hududida tarqatilishi taqiqlanagan deb tan olinishi haqida ariza jo‘natilgan.