AQSh prezidenti Donald Tramp 8-fevral, payshanba kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali KXDR yadro muammosi va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Oq Uy bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP

“Prezident Tramp va bosh vazir Modi Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishga erishish yo‘nalishidagi keyingi choralarni muhokama qildi”, — deyiladi bayonotda.

“Har ikkala yetakchi Hindiston — Tinch okeani mintaqasining gullab-yashnashini ta’minlash va xavfsizligini mustahkamlash maqsadida bundan keyin ham birgalikda ishlashga kelishib oldi. Ular Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z majburiyatlarini tasdiqladi”, — ta’kidlaydi Oq Uy.