Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 2017-yilning to‘rtinchi choragida 675 million dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Tesla

2016-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 121 million dollarni tashkil etgandi.

Tesla rekord miqdordagi zarar haqida qatorasiga ikkinchi chorak ma’lum qilmoqda. O‘tgan yil uchinchi choragida kompaniya zarari 671 million dollarga yetgandi.

675 million dollar zarar Tesla tarixida eng yirigi bo‘lganiga qaramay, kompaniyaning moliyaviy natijalari tahlilchilar taxminidan yaxshiroq bo‘lib chiqdi. Kompaniya aksiyalari qiymatiga zarar haqidagi hisobot deyarli ta’sir ko‘rsatmadi.