Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In XXIII qishki Olimpiada o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi.

Foto: AP

Janubiy Koreya o‘z tarixida ilk bor qishki Olimpiada o‘yinlarinini qabul qilmoqda. Bungacha 1988-yilda Seulda yozgi Olimpiada bo‘lib o‘tgan. Amaldagi mezbon Pxyonchxan ushbu huquqni uchinchi urinishdagina qo‘lga kiritgan: dastlab ular 2010-yilda mezbonlik imkoniyatni Vankuverga, 2014-yilda Sochiga boy berib qo‘ygan.

Foto: AP

16 kun davom etishi belgilangan qishki Olimpiadada 15 sport turi bo‘yicha 102 ta medallar to‘plami uchun kurash olib boriladi.

Bellashuvlarda jami hisobda 92 davlatdan 2952 sportchi qatnashadi. Pxyonchxan Olimpiadasida ishtirok etuvchi davlatlar va sportchilar soni qishki Olimpiadalar uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Pxyonchxanga eng ko‘p sportchi bilan kelgan terma jamoa AQShdir. Amerikadan qishki Olimpiadaga 242 nafar sportchi kelgan.

Qishki Olimpiadada O‘zbekiston sharafini ikki sportchi himoya qiladi. Komil To‘xtayev allaqachon olimpiya shaharchasiga yetib kelgan bo‘lsa, ayni paytda AQShda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirayotgan Misha Ge Janubiy Koreyaga 11-fevral kuni yetib boradi.

Ge 16-fevral kuni Gangneung Ice Arena muz saroyida figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qiladi, 17-fevralda esa erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Komiljon To‘xtayev 18-fevral kuni tog‘ chang‘isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22-fevralda uni slalom bo‘yicha musobaqa kutib turibdi. Tog‘ chang‘isi bo‘yicha bellashuvlar Yongpyong Alpine Centre majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP