7–8-fevral kuni Toshkentda “Professional-texnik ta’limning innovatsion yechimlari: Samsung Innovatsion akademiyasi II bosqichini amalga oshirish tajribasi” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari vakillari ma’lum qildi.
Shuningdek, “Samsung Innovatsion servis akademiyasi” loyihasi doirasida Toshkentning tegishli mutaxassislikdagi kollejlari uchun demo-tur va treninglar tashkil etildi.
Tadbirlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston ekologik harakati, Samsung Electronics Central Eurasia kompaniyasi, Markaziy Osiyo innovatsion ekologik markazi vakillari, shuningdek, qator kollejlar rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
“Samsung Innovatsion servis akademiyasi” strategik ijtimoiy loyihasi kollej o‘quvchilariga qo‘shimcha ta’lim taqdim etish, yoshlar bandligi muammolarini hal etishga ko‘maklashish, servis sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan.
Loyihaning II bosqichi 2017–2018-yillar mobaynida amalga oshirilmoqda.
8-fevral kuni loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida Samsung Innovatsion akademiyasi demo-turi o‘tkazildi. Uning doirasida o‘quvchilar uchun quyidagi tadbirlar uyushtirildi:
- Smartfon ta’mirlash kurslari bo‘yicha trening;
- Televizor ta’mirlash kurslari bo‘yicha trening;
- “Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish” kursi bo‘yicha trening.
Izoh (0)