Avstraliyalik Sherri Simmons Kvinslend shtatida joylashgan Malambin Bich plyaji bo‘ylab sayr qilib yurganida noma’lum jonzotga duch keldi, deb xabar bermoqda The Daily Star.

Foto: The Daily Star

Avvaliga ayol qarshisidagi narsani tosh qotgan daraxt deb o‘ylagan, biroq yaqindan nazar tashlaganida u tirik jonzot ekanligi ma’lum bo‘lgan. Cho‘p bilan unga teginib ko‘rib, mazkur jonzot yumshoqligini aniqlagan, biroq uning ko‘zlari qayerda ekanligini topa olmagan.

“Dengiz olami” bog‘ining mutaxassislari topilgan noma’lum jonzot dengiz sigiri bo‘lishi mumkin demoqda. Biroq, klivlendlik ekspertlar o‘z hamkasblarining fikriga qo‘shilmadi. Ularning aytishicha, maxluq akulaning jigariga o‘xshaydi, biroq u chirish arafasida bo‘lganligi uchun buni isbotlashning iloji yo‘q.

Politsiya Simmonsning suratidan so‘ng, qirg‘oqni ko‘zdan kechirib chiqqan, biroq hech narsa topa olmagan. Uni dengiz suvlari yuvib ketgan bo‘lishi mumkin.