O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida rassom Komil Omonovning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Kamoliddin Behzod tavalludiga bag‘ishlangan “Ehtirom” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mo‘yqalam sohibining ko‘rgazmaga qo‘yilgan “Jangchilar”, “Donishmand bola”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Otlar jangi”, “Shahzodaning o‘ylari”, “Koinotga muhabbat” hamda “Husayn Alisher bilan shatranj o‘ynamoqda” kabi 30 dan ortiq asari chuqur falsafiy mazmuniga boyligi va nozik uslubda ishlanganligi bilan san’at ixlosmandlarida katta taassurot qoldirdi.
“Komil Omonov an’anaviy uslublarni o‘rganish bilan birga shunga uyg‘unlashgan holda o‘z uslubini yaratish yo‘lida ham tinimsiz izlanmoqda, — deydi rassom Kamoliddin Mirzayev. — Asarlarida tarixiy obrazlarga ko‘p e’tibor qaratadi. Chizgilarda o‘z tuyg‘ularini jo‘shqinlik bilan aks ettiradi. Syujetlarni nozik uslubda ifodalab, uning g‘oyasini ustalik bilan ko‘rsatib beradi”.
Izoh (0)