Tojikiston hukumati 1938 ta masjidni yopishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat hukumati qoshidagi din va urf-odatlarni tartibga solish qo‘mitasi raisi Sulaymon Davlatzoda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, ushbu diniy muassasalarning ruxsatnoma va boshqa hujjatlari mavjud bo‘lmaganligi bois shunday qaror qabul qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, dastlab masjidlar mutasaddilari bundan ogohlantirilgan hamda ularga ro‘yxatdan o‘tish uchun muhlat berilgan.
Ammo masjidlarning ko‘pchiligi hujjatlarini joyiga keltirmagan. Shu bois ularni yopishga qaror qilingan.
Izoh (0)