Italiya A seriyasining 23-turi bugun — 5-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Latsio” — “Jenoa” o‘yini bilan yakuniga yetadi. Ehtimoliy g‘alaba rimlik futbolchilarning turnir jadvalidagi 3-pog‘onasini yanada mustahkamlaydi.
Kecha Turinning “Yuventus” klubi mavsumdagi eng yirik g‘alabasini tantana qildi. Bungacha mavsumning 7 ta o‘yinida yirik g‘alabaga erishgan “keksa senyora”ning eng sermahsul natijasi “Udineze” ustidan qozonilgan 6:2 hisobidagi g‘alaba bo‘lib turgandi. Bu safar “Sassuolo” darvozasiga javobsiz 7 ta gol urildi.
Mazkur g‘alaba Turin klubini vaqtinchalik peshqadamga aylantirdi. Sir emaski, ular ketma-ket 6 yil davomida skudettoni hech kimga bermagandi. Biroq bir necha daqiqadan keyin “Napoli” ham 3 ochkoni qo‘lga kiritib, yana o‘z joyiga chiqib oldi.
Milan klublari uchun mazkur tur ochko yo‘qotish bilan esda qoldi va har ikkisi ham 1:1 hisoblariga imzo chekdi.
Italiya A seriyasi 23-tur o‘yinlari 3-fevral, juma
“Sampdoriya” — “Torino” 1:1
Gollar: Lukas Torreyra, 11 (1:0). Afriye Askua, 25 (1:1).Chetlatish: Afriye Askua, 73 (T).“Inter” — “Krotone” 1:1
Gollar: Eder, 23 (1:0). Andrea Barberis, 60 (1:1).4-fevral, shanba
“Verona” — “Roma” 0:1
Gol: Chengiz Yunder, 1 (0:1).Chetlatish: Lorenso Pellegrini, 51 (R).“Yuventus” — “Sassuolo” 7:0
Gollar: Aleks Sandro, 9 (1:0). Sami Xedira, 24 (2:0). Sami Xedira, 27 (3:0). Miralem Pyanich, 38 (4:0). Gonsalo Iguain, 63 (5:0). Gonsalo Iguain, 74 (6:0). Gonsalo Iguain, 83 (7:0).“Udineze” — “Milan” 1:1
Gollar: Suso, 9 (0:1). Janluiji Donnarumma, 76-avt (1:1).Chetlatish: Davide Kalabriya, 68 (M).“Bolonya” — “Fiorentina” 1:2
Gollar: Antonio Mirante, 41-avt (0:1). Erik Pulgar, 44 (1:1). Federiko Kyeza, 71 (1:2).“Atalanta” — “Kyevo” 1:0
Gol: Janluka Manchini, 72 (1:0).“Benevento” — “Napoli” 0:2
Gollar: Dris Mertens, 20 (0:1). Marek Hamshik, 47 (0:2).5-fevral, dushanba“Latsio” — “Jenoa” 00:45
Izoh (0)