Yildan-yilga nufuzi oshib borayotgan WSB musobaqasining 2018-yilgi mavsumi rasman start oldi. Unda Uzbek Tigers jamoasi uchinchi bor ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik bokschilar “A” guruhida Cuba Domadores, Colombia Heroicos hamda Caciques Venezuela jamoalariga qarshi janglar o‘tkazadi. Zonadagi ilk to‘qnashuv Kuba va Kolumbiya bokschilari o‘rtasida kechib, unda mezbonlar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. С1 to‘qnashuvlarining dastlabki 3 ta vaznida kubalik bokschilar 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikki og‘ir vazn janglarida kolumbiyalik bokschilar nokautga uchratildi.Cuba Domadores — Colombia Heroicos 5:0
- -49 kg: Arche Duarte — Velaskes Mendez 3:0
- -56 kg: Robeysi Ramirez — Jon Martines 3:0
- -64 kg: Kruz Gomes — Garsiya Garsiya 3:0
- -75 kg: Arlen Lopes — Xuan Diyego Ortiz (1-raundda nokaut)
- -91 kg: Erislandi Savon — Julio Kalimenyo (3-raundda nokaut)
27-fevral kuni yuqorida nomlari ko‘rsatilgan kubalik bokschilardan 4 nafari Termizga — Uzbek Tigers bilan jang qilish uchun tashrif buyuardi. Faqatgina -49 kilogramm vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatovga Oskar Argilagos raqib bo‘ladi. Qolgan sportchilarga qarshi mos ravishda Shahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov hamda Sanjar Tursunov kabi bokschilar ringga chiqadi.
Izoh (0)