AQShning Janubiy Karolina shtatida Amtrak kompaniyasiga tegishli yo‘lovchi poyezdi yuk tashuvchi temir yo‘l sostavi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda, NBC News telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 4-fevral kuni ertalab ro‘y berdi. Yo‘lovchi poyezdi Nyu-York — Mayami yo‘nalishida harakatlanayotgan edi.
Kompaniya ma’lumotlariga qaraganda, poyezdda 139 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Leksington okrugi sherifiga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida bir necha vagon relsdan chiqib ketgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, 70 kishi yaralangan. Ular shifoxonaga yo‘llangan.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Hududda transport harakati to‘xtatilgan.
Izoh (0)