Andijon viloyatiga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov nafaqat futbol, balki sportning qolgan turlaridagi ahvol bilan ham yaqindan tanishgan. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Fotogalereya: Andijon viloyatidagi sportning holatini ko‘zdan kechirayotgan MOQ prezidenti
Tashkilot matbuot xizmatining qayd etishicha, Ahmadjonovni Andijon olimpiya zaxiralari kollejidagi qabul kvotalari ajablantirib qo‘ygan. 29 ta sport turi bo‘yicha 200 nafar tarbiyalanuvchini qabul qiladigan kollej, taqsimot borasida mantiqsiz faoliyat olib borishi ko‘rsatilgan.Har yili sport maktabiga 100 nafar, kollejga 100 nafar o‘quvchi qabul qilinarkan. Ushbu 200 kishilik kvota 29 hil sport yo‘nalishiga taqsimlangan. Ajablanarlisi, voleybol uchun qabul qilish kvotasi uch nafarni tashkil qiladi. Uch nafar o‘quvchi bilan voleybolni qanday qilib rivojlantirish mumkin?!Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra, Andijon olimpiya zaxiralari kollejiga o‘quvchilarni qabul qilish mexanizmi qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Bu kabi kollejlar endilikda MOQ e’tiborida bo‘lishi ta’kidlangan. Kollejga kirgach, o‘z ustida ishlamay qo‘ygan va o‘sishdan tushunarsiz to‘xtab qolgan o‘quvchilarni ushlab turish shart emas, deyiladi MOQ xabarida. Ularning o‘rnida viloyatning iqtidorli sportchilari tahsil olishi shart.Nima uchun jamoaviy sport turlarida oqsaymiz, deb dod solamiz. Munosabat shu tarzda bo‘lsa, qanday qilib uni rivojlantiramiz? Hech bir jamoaviy sport turida to‘liq jamoa shaklidagi kvota yo‘q. Basketbolda bir guruhda uch nafar, gandbolda uch nafar, futbolda olti yoki yetti nafar o‘quvchi bor. Bitta futbol jamoasida nechi kishi o‘ynaydi?!
Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti
Izoh (0)