Ozarbayjon amaldagi partiyasi “Yangi Ozarbayjon” amaldagi prezident Ilhom Aliyevni oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan davlat rahbari lavozimiga saylovlarda nomzod sifatida ko‘rsatadi. Bu haqda 1-fevral, payshanba kuni partiya ijroya kotibi Ali Ahmedov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Saylov 17-oktabrga rejalashtirilgan.
“Bizning nomzodimiz Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdir. Yoshlarimiz ham uning saylovlardagi g‘alabasiga hissa qo‘shishiga ishonaman”, — dedi Ahmedov jurnalistlarga.
Mamlakat konstitutsiyasiga 2016-yilning sentabrida kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Ozarbayjon prezidenti yetti yilga saylanadi.
Izoh (0)