AQSh davlat kotibining diplomatik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Maykl Evanoff Amerika mahalliy huquq-tartibot organlari Rossiyaning yopiq diplomatik obyektlarini to‘liq daxlsizlikda saqlayotganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Mahalliy huquqni muhozafa qilish organlari hozirgi vaqtda foydalanilmayotgan barcha obyektlar xavfsizligini saqlamoqda. Hech kimga kirishga ruxsat berilmayapti. Ular to‘liq daxlsizlikda saqlanmoqda”, — dedi Evanoff.
Davlat departamenti avvalroq Rossiyaning San-Fransiskodagi elchixonasi, Vashingtondagi savdo vakolatxonasi binosi va Nyu-Yorkdagi savdo vakolatxonasi ijara binosini 2-sentabrgacha yopishni talab qilgan edi.
Izoh (0)