Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim finalidan joy olgan birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur jamoalarning A seriya doirasidagi o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bu safar Italiyaning so‘nggi 6 yillikdagi chempioni “Yuventus”ga Gonsalo Iguainning goli yordam berib yubordi. “Atalanta” safidagi boshqa bir argentinalik futbolchi esa penaltidan aniq foydalana olmadi.
Bugun — 31-yanvar kuni yarim finalning ikkinchi juftligi doirasida “Milan” va “Latsio” klublari o‘zaro maydonga chiqadi. Ular ikki kun avval A seriya doirasida to‘qnash kelganida, Gattuzo boshchilik qilayotgan milanliklar 2:1 hisobida zafar quchgandi.
Yarim finalning javob o‘yinlari 28-fevral sanasiga tayin qilingan. Qayd etish kerak, kecha “Yuventus”ga imkoniyatni boy bergan “Atalanta” o‘tgan bosqichda A seriya yetakchisi “Napoli”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi.
“Torino” — “Yuventus” 0:1
Gol: Gonsalo Iguain, 3 (0:1).Noaniq penalti: Alexandro Gomes, 25 (A).31-yanvar, chorshanba“Milan” — “Latsio” 00:45
Izoh (0)