WSB musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlikni Hindistonda olib borayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan 7 nafari yarim finalda ringga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Bungacha 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi janglarda qatnashgan Mironshoh Ibragimov birinchilardan bo‘lib mag‘lub bo‘lgandi. Kecha — 30-yanvar kuni uning yoniga 60 kilogrammacha bo‘lgan Sherbek Rahmatullayev hamda 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi o‘zbekistonlik Laziz Mullajonov qo‘shildi.India Open’ga jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik 10 bokschidan 9 nafari chorak finalga yo‘l oldi
Laziz Mullajonov Bahodir Jalolovning vazn toifasida jang qilishidan maqsad, asosiy bokschiga munosib o‘rinbosar tayyorlashdan iborat edi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston boks federatsiyasi 81 kilogrammgacha bo‘lgan sportchini Hindistonga yubormay, uning o‘rniga Laziz Mullajonovni jo‘natgandi. Biroq sportchi yarim finalga chiqa olmadi.Bugun final ostonasida yetti o‘zbekistonlik jang qiladi. Ular orasida Bahodir Jalolovning raqibini eng jiddiy ekani bilan ajralib turadi. Chunki u kubalik. Yana 5 o‘zbekistonlik sportchi mezbon bokschilarni sinovdan o‘tkazadi. Xudoynazar Fayzovga esa Menni Pakyao vatandoshi raqib bo‘ladi.
- -52 kg: Xudoynazar Fayzov — Marvin Tabamo (Filippin)
- -56 kg: Abdulxay Shorahmatov — Etash Xon (Hindiston)
- -64 kg: Iqbol Xoldorov — Dheraj (Hindiston)
- -69 kg: Bobousmon Boturov — Singh Duryodxon (Hindiston)
- -75 kg: Isroil Madrimov — Mandip Jangra (Hindiston)
- -91 kg: Sanjar Tursunov — Sumit Sangvan (Hindiston)
- +91 kg: Bahodir Jalolov — Topirak Ortega (Kuba)
Izoh (0)