Malayziya fuqarosi mototsiklda harakatlanayotib bo‘g‘ma ilon bo‘g‘ishi oqibatida halok bo‘ldi. Erkak ilonning boshidan ushlab kelayotgan edi, deb yozadi Daily Mail.
35 yoshli ishsiz Zaim Xalis Kosnan sudralib yuruvchini 28-yanvar kuni tongda uyiga qaytish yo‘lida uchratdi. U ilonni tutish va sotish uchun uning ortidan qo‘lqop va ilon ovlovchi ilgagi bilan mototsiklda qaytishga qaror qildi.Kosnan bo‘g‘ma ilonni tutishga erishdi, biroq uni olib kela olmadi: jahli chiqqan sudralib yuruvchi uning boshidan ushlab mototsiklda olib kelayotgan erkakni bo‘g‘ib o‘ldirdi.
Erkakning jasadi bir necha soatdan so‘ng topildi. Mahalliy aholi Kosnan jasadini ozod qilish uchun ilonni o‘ldirdi. Bo‘g‘ma ilonning uzunligi uch yarim metrga yaqin bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Kosnan ilon uni bo‘g‘a boshlaganda mototsikldan qulab tushgan.
Izoh (0)