Saudiya Arabistoni Mehnat vazirligi joriy yilning sentabridan ishga faqat Saudiya fuqarolarini oluvchi do‘konlar ro‘yxatini chiqardi. Bu haqda SPA yangiliklar agentligi xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Faqat Saudiya fuqarolari ishlashi mumkin bo‘lgan do‘konlar ro‘yxati savdo korxonalarining 12 turi, jumladan, soatlar, ko‘zoynaklar, tibbiy jihozlar, qurilish materiallari, mebellar, kiyim-kechak sotish do‘konlari, avtomobil salonlari va ehtiyot qismlar sotish do‘konlarini o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlik vakili so‘zlariga ko‘ra, vazir shuningdek, do‘konlarga Saudiya ayollarini ishga olishni rejalashtirayotganligini tasdiqlagan.
Izoh (0)