O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-avgustdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori orqali tijorat banklarini ilg‘or bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash, aholining bank sohasiga ishonchini yanada kuchaytirish, xizmat turlarini kengaytirish, bank xizmatlari jozibadorligini va sifatini oshirish masalalari respublika tijorat banklari oldidagi ustuvor vazifalar qilib belgilandi.

Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash doirasida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Biometrik identifikatsiyalash” dasturiy tizimidan keng foydalanib kelinmoqda. Bu tizim “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun asosida fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalashni yanada kuchaytirish, omonatlar bilan bog‘liq operatsiyalarni mijozlarning ishtirokisiz amalga oshirilmasligini qat’iy nazoratga olish maqsadida joriy qilingan.

Bunda omonatlar daxlsizligini ta’minlash uchun shaxsning barmoq izlari namunasidan foydalaniladi. Amaliyot ko‘rsatmoqdaki, “Biometrik identifikatsiyalash” dasturiy tizimi bugungi kunda eng ishonchli usullardan biri  hisoblanadir. Tizim quyidagi afzalliklarga ega:

  • omonat hisob-varaqlaridagi mablag‘lar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni omonat egasi bo‘lgan mijozning bevosita ishtirokisiz amalga oshirish  imkoni bo‘lmaydi;
  • omonat mablag‘lariga nisbatan bank xodimlarining daxlsizligi ta’minlanadi;
  • omonatchilarning omonat mablag‘larini xavfsiz va but saqlanishini ta’minlaydi.

Bu kabi zamonaviy xizmatlar ATB “Qishloq qurilish bank” omonatchilari soni yildan-yilga muttasil oshib borishini ta’minlamoqda. Bank tomonidan ayni vaqtda 20 ta doimiy omonat turlariga mablag‘lar jalb etilmoqda. 2018-yil 1-yanvar holatiga jami omonatlar qoldig‘i 338,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 53,8 foizga o‘sishga erishildi.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-93-39, 150-72-58, www.qqb.uz

Bank  axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan

Reklama huquqi asosida