Daryo

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish26 418 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida 9-may kuni soat 17:00 larda 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. Kia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1997-yilda tug‘ilgan piyoda D.K.ni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

YTH sabab piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib borilganda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov davom etmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar