UFC va Riyadh Season hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Turki al ash-Sheyxning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilning oxirida yoki 2025-yilning boshida UFC Saudiya Arabistonida katta turnir o‘tkazadi.
“Bu hamkorlik bozorga kuchli chaqiriq tashlaydi. Men boksni yaxshi ko‘raman, lekin Ar-Riyodni MMA olamidagi eng muhim shaharlardan biriga aylantirmoqchiman. Biz UFC bilan ajoyib ishlarni amalga oshiramiz”, — dedi Riyadh Season rahbari Turki ash-Sheyx.
Shuningdek, ash-Sheyx Riyadh Season UFC 306 turnirining homiysi bo‘lishini ham ma’lum qildi.
Izoh (0)