Kinematografiyani rivojlantirish markazida Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan Art House loyihasining navbatdagi badiiy rahbari, taniqli rejissor Jahongir Qosimov kursi uchun tanlov bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tanlovga 100 dan ortiq ariza kelib tushgan. Ularning eng iqtidorlilari saralanib, loyihada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Yosh kinoijodkorlar dramaturgiya va rejissura yo‘nalishida Jahongir Qosimovdan, aktyorlik mahorati bo‘yicha Karim Mirhodiyevdan, operatorlik ishida esa Muzaffar Yunusovdan saboq oladi.
Art House kengashning uzluksiz loyihasi hisoblanib, uning birinchi faslida yoshlar Yolqin To‘ychiyev, Jahongir Qosimov, Rashid Malikov, Ayub Shahobiddinov hamda Rustam Sa’diyev badiiy rahbarligida kursning nazariy mashg‘ulotlarini yakunlab, ijodiy mahoratlarini oshirmoqda.
Yil oxirida yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan qisqa metrajli filmlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.
Izoh (0)