Nyu-York Metropoliten muzeyi italiyalik rassom Mikelanjeloning asarlari ko‘rgazmasiga uning adashi bo‘lgan ninza-toshbaqa tashrif buyurganini ma’lum qildi, deb yozmoqda TJournal.
Mikelanjelo muzeyga niqoblarsiz va ko‘zidagi sariq tasma bilan kelgan, biroq qurolini olib kelmagan. “U o‘z ismini olgan rassomning ishlarini tomosha qilish uchun keldi”, — deyiladi muzey xabarida.
Mikelanjeloning Metropoliten muzeyidagi ko‘rgazmasi 12-fevralgacha davom etadi. O‘tgan haftada ko‘rgazmaga 500 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.
Izoh (0)