BMTning navbatdagi hisoboti 2017-yildagi sayyoradagi demografik vaziyat va kelajakka oid prognozlarga bag‘ishlandi. Aholi soni o‘sishi hozirgi 7,6 milliard kishidan 2030-yilga kelib 8,6 milliardga, 2100-yilga kelib 11,2 milliard kishiga yetishi ma’lum qilindi, deb yozadi National Geographic.
Bunda Yer aholisining yarmiga yaqini atigi to‘qqizta mamlakat: Hindiston, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston, Efiopiya, Tanzaniya Birlashgan Respublikasi, AQSh, Uganda va Indoneziyada to‘planadi.
Qolgan davlatlarda hozirdanoq aholi sonining kamayishi kuzatilmoqda va bu vaqt o‘tishi bilan davom etadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qolgan davlatlardan tezroq Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘shab qolmoqda:
- Bolgariya: 2017-yilda 7,08 million kishi, 2050-yilda 5,42 million, 23 foizga pasayish;
- Latviya: 1,95 million/ 1,52 million/ -22 foiz;
- Moldaviya: 4,05 million/ 3,29 million/ -19 foiz;
- Ukraina: 44,22 million/ 36,42 million/ -18 foiz;
- Xorvatiya: 4,19 million/ 3,46 million/ -17 foiz;
- Litva: 2,89 million/ 2,41 million/ -17 foiz;
- Ruminiya: 19,68 million/ 16,40 million/ -17 foiz;
- Serbiya: 8,79 million/ 7,45 million/ -15 foiz;
- Polsha: 38,17 million/ 32,39 million/ -15 foiz;
- Vengriya: 9,72 million/ 8,28 million/ -15 foiz.
Izoh (0)