O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzurida tashkil etilgan Press-hall’ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘qib eshittirildi.
Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RShTYoIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo‘ljallangan tunu-kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan Call-markazlar tashkil etiladi.
Izoh (0)