50 Сent taxallusi ostida mashhur bo‘lgan reper Kyortis Jeyms Jekson 2015-yilda bankrot bo‘lganini e’lon qilgan. Uning qarzlari 10 milliondan 50 million dollargacha bo‘lgan, deb yozmoqda TJournal.

Foto: TJournal

24-yanvarda reper yana boyib ketgani va kriptovalyuta savdosidan yetti million dollar ishlab olingani haqida xabar berildi. Xabarga ko‘ra, reper 2014-yilda taqdim etilgan “Animal Ambition” nomli albomini kriptovalyutaga sotgan va o‘sha vaqtdagi narxda qiymatda 400 ming dollar bo‘lgan bitkoin ishlab olgan.

U shu vaqtga qadar kriptovalyutasidan foydalanmagan. 2017-yilning oxiriga kelib, bitkoinning narxi 11—12 ming dollarga ko‘tarilganda u o‘z kriptovalyutasini sotgan va yetti million dollardan ortiq daromad ishlab olgan.