Toshkentning Yunusobod tumanida ro‘y bergan YTHda bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi shahar IIBB.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Aytilishicha, 22-yanvar kuni Moyqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan “Shifo-nur” tibbiyot markazi qarshisida BMW xaydovchisi mast holatda rul boshqaruvini yuqotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Natijada yo‘lovchi — 1996-yilda tug‘ilgan erkak joyida vafot etgan.

1978, 1997 va va 1987-yillarda tug‘ilgan uch erkak yo‘lovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.