Tesla kompaniyasi bosh direktor Ilon Maskka haq to‘lash bo‘yicha o‘n yillik yangi tizim joriy qilinganini ma’lum qildi. Endi Mask erishilgan uzoq muddatli rejadagi aniq ko‘rsatkichlar uchun taqdirlanadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Yangi tizim Tesla’ning kapitalizatsiyasi va operatsion ko‘rsatkichlari bilan bog‘langan. Mukofot o‘n yillik dasturga asoslangan bo‘lib, 12 ta qismga bo‘lingan. Har bir qism Tesla aksiyalarining bir foizini tashkil qiladi. Birinchi maqsadga erishish uchun Mask Tesla’ning kapitalizatsiyasini ayni vaqtdagi 59 milliard dollardan 100 milliard dollarga ko‘tarishi kerak. Keyingi qismlar har bir qo‘shimcha 50 million dollar uchun beriladi. Yakuniy maqsad 650 million dollarni tashkil qiladi.
Agar ko‘rsatkichlarga erishilmasa, Mask o‘z ishi uchun hech narsa olmaydi. Taqdirlashning yangi tizimi uchun aksionerlarning ovoz berishi fevral oyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)