Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi fojiada 52 nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy musulmonlari idoralari rahbarlari, muftiylar nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi nomiga hamdardlik maktublari kelmoqda, deb xabar beradi diniy idora matbuot xizmati.

Foto: Qozog‘iston IIV FVQ

Hurmali Muftiy hazratlari!

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiali hodisada 50 dan ziyod o‘zbekistonlik qardoshlarimiz qurbon bo‘lgani bizni chuqur qayg‘uga soldi. Shu munosabat bilan men Qozog‘iston mo‘min-musulmonlari nomidan Sizga, chuqur ta’ziya bildiraman.

Mazkur fojiali hodisa tufayli halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qardoshlarimiz haqqiga Qozog‘istonning barcha masjidlarida juma namozida duolar qilindi.

Alloh taolodan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini so‘raymiz. Haq taolo bu musibat o‘rnini xayrli ishlar bilan to‘ldirsin.

Kamoli ehtirom bilan,

Serikbay hoji Oraz, Qozog‘iston musulmonlari 

idorasi raisi