Toshkent viloyati IIBning xabar berishicha, joriy yilning 21-yanvar kuni sodir bo‘lgan YTHda 27 yoshli haydovchi halok bo‘ldi, deb yozadi UzNews.
Viloyatning Bo‘ka tumanida 21-yanvar kuni soat taxminan soat 05:30 da Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1991-yilda tug‘ilgan Ibragimov Mahmud “Guliston – Bo‘ka – Ohangaron” avtomobil yo‘lining 79-kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan.
Avtomashina yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan. Oqibatda vtomashina haydovchisi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Unga hamrohlik qilib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Ahror Muslibekov esa chap qo‘l yelka suyagini yopiq sinishi, peshona yuz sohasi shilingan jarohati va travmatik shok 2-darajali tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, Qibray tumanida 21-yanvar kuni soat taxminan 00:45 da shu tumanda yashovchi, 1955-yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r Sattarov Tohir Toshkent shahar tomondan O‘nqo‘rg‘on tomonga avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Qibray tumanida yashovchi, nafaqaxo‘r, 1949-yilda tug‘ilgan Mirakbar Sultonovni urib yuborgan. Natijada piyoda bosh miya lat yeyishi, o‘ng boldir suyaklarini yuqori uchligidan sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Kasalxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 21-yanvar kuni soat 11:00 da vafot etgan.
Har ikkala holat bo‘yicha tegishli tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)